Dam olish kunlarida havo ilisada, keyingi haftada sovuq boʻladi

    Mamlakatimizda 15 Yanvar 2021 647

    Bugun va ertaga respublika boʻyicha ob-havoni past bosim maydoni belgilaydi. Bunday vaziyatda Eron hududlaridan juda quruq va iliq havo kirib kelishi kutiladi.

    Havo harorati kunduzi 15-20 daraja iliqqacha, janubda 22 daraja iliqqacha, kechalari 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi. Havo harorati iqlim meʼyoridan 10-12 darajaga yuqori boʻladi.

    Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi, buning natijasida bulutlilik zichlashadi va kunduz kuni havo harorati 13-16 daraja iliqqacha biroz pasayadi, kechasi 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi. Ammo bunday harorat hali ham iqlim meʼyorlaridan 5-7 darajaga yuqoridir.

    Shu kunlarda Oʻzbekistonning togʻli hududlari boʻyicha qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi.

    Biroq, bu issiq hali bahor emas. Keyingi haftada yana sovuq boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.