Dam olish kunlarida issiq boʻladi

    Mamlakatimizda 16 Oktabr 2020 556

    Bugun va dam olish kunlari xorijiy janubdan quruq va issiq havoning kirishi davom etadi, Oʻzbekiston hududida ob-havo kam bulutli boʻladi.

    Havo harorati kechasi 8-10 daraja atrofida, kunduzi 23-25 daraja boʻladi. Bunday harorat iqlimiy meʼyordan 4-5 darajaga yuqoridir.

    Oʻzbekistonda oktyabr oʻrtasining ob-havosi har xil boʻladi.

    Shunday 2012, 2016 va 2018-yillarda kechasi havo harorati ayozlargacha pasaygan, kunduzi esa termometr ustunchasi 6-8 daraja iliqdan koʻtarilmagan.

    2008, 2010, 2011, 2017-yillarda oktyabr oʻrtasida eng issiq ob-havo kuzatilgan – kunduzi harorat 28-30 darajaga koʻtarilgan. Oktyabrning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordi 32-34 darajani tashkil etadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.