Ertaga kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja atrofida boʻlishi saqlanib turadi.
Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi, faqat shimoliy va janubiy hududlar boʻyicha yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli kam. Havo harorati kechasi +10...+15 daraja atrofida boʻladi, kunduz kuni +17...+22 darajagacha biroz pasayadi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 11 va 13 oktabr kunlari ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda: 12 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +22...+24 daraja boʻladi.
13 oktabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi . Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +20...+22 daraja boʻladi.