Dam olish kunlarida sport bilan shugʻullanish aqliy zaiflikning oldini oladi

    Sport 31 Oktabr 2024 570

    Bu boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlarda oʻrtacha yoshi 51 atrofida boʻlgan 10 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.

    British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, atigi bir yoki ikki kunlik jismoniy mashqlar aqliy zaiflashuv (demensiya) xavfini kamaytiradi.

    Tadqiqotchilar haftada bir yoki ikki kun mashq qiladigan “dam olish kuni jangchilari”da yengil demensiya xavfi oʻrtacha 15 foizga, muntazam mashq qiladigan “sportchilar”da esa 10 foizga kamayganini aniqlagan.

    Shuningdek, dam olish kunlaridagi mashqlar yuqori qon bosimi, diabet, buyrak kasalliklari kabi 200 dan ortiq xastaliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi.

    Tadqiqotlarda oʻrtacha yoshi 51 atrofida boʻlgan 10 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.