Dam olish kunlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, sovuq antitsiklon sharqiy tomonga qarab siljiydi, havo harorati koʻtariladi. Ertaga kechasi 1-6° sovuq, kunduz kuni 8-13° iliq boʻladi.

Yakshanba kuni havo yanada isiydi, kechasi harorat 2° sovuq-3° iliqgacha, kunduz kuni 14-17° iliqgacha koʻtariladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.