Bugun O'zbekiston hududi bo'yicha havo o'zgarib turadi, hududning katta qismida yog'ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, Kavkaz hududlaridan kuchsiz ifodalangan antitsiklon kirib kelishida faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'adi. Kunduzi havo harorati 20-25° atrofida bo'ladi.
Ertaga 1 oktabr kuni antitsiklon respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent viloyatida kechasi va ertalab va Farg'ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg'ir yog'adi, respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, qolgan hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 10-15° bo'ladi, kunduzi 21-26° gacha pasayadi.
2 oktabr kuni antitsiklon ta'siri hali ham davom etadi. O'zbekiston bo'yicha quruq va salqin ob-havo bo'lishi kutilmoqda. Kechasi termometr ustuni 8-13° gacha pasayadi, kunduzi 21-26° atrofida bo'ladi.
Ushbu kunlarda shimolda, janubda va cho'l hududlarda ba'zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.