Dam olish kunlarida faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat dam olish kunlarida koʻp yillik meʼyordan 2-3° ga koʻp boʻladi va kechasi 15-20° ni, kunduz kuni 29-34° ni tashkil etadi.
Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi mahalliy yomgʻirlar yogʻishi hisobiga respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi borligi haqida ogohlantiradi.