Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi

    Mamlakatimizda 28 Aprel 2023 1658

    Oʻzgidromet Oʻzbekiston boʻyicha 28-30-aprel kunlari kutilayotgan ob-havoning maʼlumotini eʼlon qildi.

    Bugun Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi havo harorati +28...+33 darajani tashkil etadi.

    Dam olish kunlari mamlakatimiz hududining katta qismida havo ochiq va quyoshli boʻlishi kutilmoqda. Togʻ oldi va togʻli hududlarda havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Yakshanba kuni respublikamizning shimoli-gʻarbiy hududlari boʻyicha shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16daraja, kunduzi +28..+33 daraja atrofida boʻladi.

    Poytaxtimizda bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi, kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +28..+30 daraja boʻladi.

    Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13..+15 daraja, kunduzi +29..+31 daraja boʻladi.