Dam olishga borgan ayol hujjatlaridan ayrildi

    Jizzaxda Zomin tumani Suffa platosida joylashgan osma koʻprikni tomosha qilish uchun kelgan ayolning shaxsiy hujjatlari jarlikka tushib ketdi.

    Bu haqda Jizzax viloyat FVB Axborot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 18-iyul kuni soat 11:10larda Jizzax viloyati FVB Oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yongʻin-qutqaruv otryadiga Zomin tumani Suffa platosida joylashgan osma koʻprik(Baxt koʻprigi)ga hordiq chiqarish uchun kelgan fuqarolardan shaxsiy buyumlari va hujjatlari solingan hamyoni jarlikka tushib ketganligi va ularga amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushdi.

    Murojaatga asosan hodisa joyiga qutqaruv guruhi yuborildi.

    Hodimlarning saʼy harakatlari bilan fuqaroning shaxsiy hujjatlari jarlikdan olib chiqilib, egasiga topshirildi.