Dam olishga chiqqan oila bir million dollar pul topib oldi

    Ijtimoiy hayot 25 May 2020 2845

    AQSHda karantindan so'ng dam olishga otlangan oila ichida 1 mln dollar pul bo'lgan qop topib oldi, deb yozadi Esquire.

    Oila boshlig'i shu zahotiyoq mahalliy politsiyaga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, pullar haqiqiy bo'lgan hamda ularning taxminiy miqdori bir million dollarga teng bo'lgan.

    Politsiya hozirda pullarni haqiqiy egasiga qaytarish ustida ish olib bormoqda.

    «Men bu oilaning halolligiga qoyil qoldim. Aminmanki, ushbu qarorni qabul qilish oson bo'lmagan. Bu qariyb bir million dollar naqd pul», — deydi politsiya mayori.