Daniya AQShning Grenlandiyaga maxsus vakili tayinlanganiga munosabat bildirdi

    Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen Trampning Luiziana gubernatori Jeff Lendrini Grenlandiyaga maxsus elchi etib tayinlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.

    Donald Trampning Grenlandiyaga maxsus elchi tayinlash qaroridan so'ng Daniya AQShni uning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

    Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenning so'zlariga ko'ra, Trampning Luiziana gubernatori Jeff Lendrini Grenlandiyaga maxsus elchi etib tayinlash haqidagi qarori Amerikaning Arktika oroliga doimiy qiziqishini ko'rsatadi.

    “Ushbu tayinlanish Amerikaning Grenlandiyaga qiziqishi davom etayotganini tasdiqlaydi. Biroq biz hamma, jumladan, AQSh Daniya Qirolligining hududiy yaxlitligini hurmat qilishi kerakligini ta'kidlaymiz”, dedi Rasmussen.

    AQSh Prezidenti Donald Tramp Luiziana gubernatori Jeff Lendri Grenlandiya bo'yicha maxsus elchi etib tayinlanganini ma'lum qilgandi, deb xabar berdi korrespondent.net.