Daniya bosh vaziriga hujum uyushtirildi

    Tashvishli xabar 8 Iyun 2024 1078

    Noma'lum shaxs Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenga hujum qildi.

    Hujum Kopengagendagi Kul`torvet maydonida sodir bo'ldi. Hujum qilgan erkak politsiya tomonidan qo'lga olingan.

    Bosh vazirning idorasi Frederiksen sodir bo'lgan voqeadan hayratda qolganini va hozirda uning ahvoli yaxshiligini ma'lum qildi.