AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Daniyaning qirollik gerbini o'zgartirish haqidagi qaroriga ta'sir ko'rsatdi. Bu amerikalik siyosatchining Grenlandiyani sotib olish niyati haqidagi so'zlaridan keyin sodir bo'ldi, deb yozadi The Guardian.
Avvalroq Daniya qiroli Fridrix X mamlakat gerbidan uchta tojni olib tashlashni, shuningdek, hududlar belgisini alohida ajratib ko'rsatishni buyurgan edi. Xususan, Grenlandiya va Farer orollarining gerblari kattalashtirilib, mos ravishda ikkinchi va uchinchi maydonlarga joylashtirildi. O'z navbatida, birinchi va to'rtinchi maydonlarga Daniya va Janubiy Yutlandiya ramzlari joylashtirildi.
Uch toj 1397-1523-yillardagi Daniya, Norvegiya va Shvetsiya o'rtasidagi Kalmar ittifoqining ramzi bo'lib, so'nggi 500 yil davomida qirollik gerblarida mavjud edi. Endi ular ahamiyatsiz deb e'lon qilindi va o'rniga Grenlandiya va Farer orollari ramzi bo'lgan oq ayiq va qo'chqor tasvirlariga almashtirib qo'yildi.
Daniya qirollik uyi yangilangan gerb hamdo'stlik nufuzini “mustahkamlashini” ta'kidladi, deb xabar beradi lenta.ru.