Aeroport vakilining ta'kidlashicha, aeroport hozirda uning havo hududida dronlar mavjudligi sababli yopiq. Matbuot kotibining so'zlariga ko'ra, dronlar tufayli to'rtta, jumladan, ikkita SAS, bitta Norwegian va bitta KLM samolyotlari reyslari o'zgartirilgan.
“Olborg aeroporti yaqinida dronlar aniqlandi, havo hududi yopiq. Politsiya voqea joyida, tergov ishlari olib borilmoqda”, deb xabar berdi Shimoliy Yutlandiya politsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, 22-sentabr oqshomida noma'lum uchuvchisiz samolyotlar Daniya va Norvegiya poytaxtlari uzra havo hududini buzib, aeroportlarning yopilishiga sabab bo'lgan edi.
Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen dron hodisasiga Rossiyaning aloqadorligi ehtimolini inkor etmadi. U bu hujumni mamlakat tarixidagi eng jiddiysi deb ta'rifladi, deb xabar berdi korrespondent.net.