Bu haqda u oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
“Daniyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yesper Var janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik”, deb yozdi u.
Tashqi ishlar vazirining bildirishicha, mazmunli suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlardagi imkoniyatlar muhokama qilingan.
“Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi sheriklikning toʻliq salohiyatini roʻyobga chiqarish yoʻlida faol hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Janob elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.









