Shu kungacha o'rmon va daraxtlarga zarar etkazgan, kesgan, ekinlarni yo'q qilganlar 50-100 BHM miqdorida jarima to'layotgan edi. endi bu jarima miqdori100-150 BHM gacha oshirildi.
Shuningdek, yuridik shaxslar ham o'zlariga qarashli yoki biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va asrab-avaylash choralarini ko'rmasalar, javobgarlikka tortiladilar.
Bu haqda davlatimiz rahbari tomonidan 3 dekabrda imzolangan qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi qonunda nazarda tutilgan.
Unga ko'ra, 4 dekabrdan boshlab, yong'inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo'lish natijasida katta miqdorda zarar keltiradigan ekologik qoidabuzarliklar uchun 50 dan 100 BHM gacha jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilinishi mumkin.