Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida ekilgan daraxt va buta koʻchatlarining parvarishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Shu paytga qadar mansabdor shaxslar tomonidan koʻchatlarni parvarish qilmaslik, sugʻorilishiga eʼtibor qaratmaslik borasida 27 ta holat aniqlandi. Mansabdorlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 91 million 800 ming soʻm maʼmuriy jarimalar belgilandi.

Taʼkidlash joizki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oʻtqazilgan koʻchatlar parvarishiga butun respublika boʻylab jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu holatga masʼuliyatsizlik bilan yondashganlar, albatta, qonunga koʻra javobgarlikka tortiladi.