1 yoshli bola ustiga daraxt qulashining sabablari aniqlandi

    Chilonzor tumanida 1 yoshli qiz vafot etganligi holati yuzasidan JKning 186-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

    Maʼlum qilinishicha, suv quvurlarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishi oqibatida daraxtning ildizi ochilgan va oʻz vaznini koʻtara olmay yiqilgan.