Oʻq-dorilarni noqonuniy tarzda saqlash, tarqatish va ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro A.Z.ning murojaatiga binoan, Sirdaryo viloyati Xovos tumanidan oqib oʻtuvchi kanal boʻyidagi daraxtlardan biri xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, daraxtlardan birining shox-shabbalari orasidagi tanasiga mato bilan oʻrab yashirilgan 2 dona qutilarning har birida 16 donadan oʻq-dorilar borligi aniqlandi.

IIV EKBMning xulosasiga koʻra, mazkur 32 dona oʻq-otar qurol oʻqlari 9 mm.li “Makarov”, “Stechkin”, “Kedr” va “Kiparis” toʻpponchalari uchun moʻljallanganligi hamda jangavor oʻq-dorilar turiga kirishi shu bilan birga foydalanishga yaroqli ekanligi maʼlum boʻlgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.