Dars paytida choʻmilishga borgan oʻquvchi choʻkib ketdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumanidagi 30-maktabning 6-sinf oʻquvchilari dars vaqtida choʻmilishga borib, choʻkib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

    Holat yuzasidan Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, ushbu holat tasdiqlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.