Xodimlar tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy koʻrik natijasida fuqaroning qoʻlidagi dastroʻmoli ichiga berkitilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan, ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan umumiy ogʻirligi 240 gramm sariq rangli metalldan yasalgan, zargarlik buyumlari borligi maʼlum boʻldi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.