Bosh konsulxonaning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston fuqarosining fuqaroligi prezident farmoniga koʻra bekor qilinmagunga qadar uning xorijiy davlat fuqaroligiga tegishli ekanligi eʼtirof etilmaydi.
“Shu munosabat bilan, konsullik vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasiga koʻra, «yollanish” — xorijiy davlat hududidagi qurolli toʻqnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib oʻtadi.
Bosh konsulxona Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi toʻgʻrisida xolis maʼlumotlar mavjud boʻlgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi«, — deyiladi diplomatik vakolatxona bayonotida.
Bosh konsulxona yurtdoshlarimizni daʼvatlarga berilmaslik va ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi.