Baxtiyor Xudayberdiyev 1989-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy, 2009-yilda Toshkent Kimyo-texnologiya instituti bakalavriyati, 2011-yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Markaziy laboratoriyasining Rengen-spektral tahlil laboratoriyasi 1-toifali mutaxassis sifatida boshlagan.
2013-2019 yy. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Markaziy laboratoriyasining Rentgen-spektral tahlil laboratoriyasi 1-toifali mutaxassis, yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, Zargarlik buyumlarini tahlil (analiz) qilish laboratoriyasi mudiri sifatida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi boʻlgan.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati