Davlat bayrog'idan foydalanish tartibi soddalashtiriladi

    Dolzarb 1 Iyun 2023 2371

    «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi e'lon qilindi.

    Loyihada bayrog'ga nisbatan zarur hurmatni ta'minlash sharti bilan quyidagilar taklif etilmoqda:

    ➖ Davlat bayrog'idan sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, madaniy va o'zga ommaviy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotiraviy sanalarni bayram qilishda hamda boshqa hollarda foydalanilishga ruxsat berish;
    ➖ bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylari va binolarda, yashash yoki ish joylarida hamda ularga tutash bo'lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanishga ruxsat berish;
    ➖ davlat organlarining ramzlarida (bayroq, geral`dik belgi) va ularning rasmiy veb-saytlarida Davlat bayrog'ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanishga huquqiy asos o'rnatish;
    ➖ Davlat bayrog'i tasviridan ustki kiyimga bezatish uchun foydalanishga ruxsat berish;

    Shuningdek, davlat bayrog'iga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo'linishiga yo'l qo'yilmaydigan hollar aniq belgilab berilmoqda.