Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik oshiriladi

    Mamlakatimizda 16 Iyul 2025 4737

    “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-111-son, 14.07.2025-y.) qabul qilindi

    Farmonga koʻra:

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilib uning axborot sohasida nazorat va monitoring boʻyicha vazifa va funksiyalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga oʻtkazildi;

    Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz Administratsiya boʻysunuviga oʻtkazildi;

    Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi;

    Administratsiya Matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi;

    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etildi;

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Administratsiya boʻysunuviga oʻtkazildi.

    2025-yil 1-sentyabrgacha quyidagilarga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi:

    • byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni taʼminlashga qaratilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini oshirish;
    • hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklar iqtisodiy, maʼmuriy va moliyaviy vakolatlarini yanada kengaytirish.