Davlat ekologiya qoʻmitasi ovchilarni ogohlantirdi

    Yashil sayyora 30 Oktabr 2020 1024

    Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻldirilgan jonivorlar bilan suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan ovchilarni ogohlantirdi.

    Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “ovchilar” oʻldirilgan jonivorlar bilan suratga tushib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish bilan bogʻliq holatlar koʻpaymoqda.

    Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga turli zoʻrovonlikni targʻib qiluvchi foto, video, audio va matn koʻrinishidagi materiallar tarqatish Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 189-moddasi 1-qismi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasi 1-qismi bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiramiz.

    Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonuniga qatʼiy amal qilishga, ovchilik madaniyati, hayvonot dunyosi obyektlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishga chorlab qolamiz.