Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish, davlat xizmatchilari ishini natijadorlikka yo‘naltirish, aholining davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish, sohaga istiqbolli kadrlarni jalb qilish va ularni professional mutaxassis etib tayyorlashning samarali tizimini joriy qilish, shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:

    I. Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari

    1.Quyidagilar 2025-2026 yillarda davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

    a) davlat organlarida kadrlar bilan ishlashning zamonaviy usul va mexanizmlari hamda yaxlit tizimini joriy etish;

    b) davlat organlarida salohiyatli va istiqbolli rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish;

    v) xodimlarning davlat fuqarolik xizmatiga (keyingi o‘rinlarda – davlat xizmati) qabul qilingandan boshlab butun mehnat faoliyati davomida zarur bilim va kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishini tashkil etish va monitoring qilish;

    g) davlat xizmatiga xotin-qizlarni keng jalb qilish uchun ularning sohaga bo‘lgan qiziqishi, manfaatdorligi va ishonchini oshirish;

    d) Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish;

    ye) davlat fuqarolik xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda – davlat xizmatchilari) xizmat vazifalarini bajarishda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishini ta’minlash va kasbiy madaniyatini rivojlantirish orqali davlat organlariga nisbatan jamoatchilik ishonchini mustahkamlash;

    j) davlat xizmatchilarining samarali mehnatga intilishini kuchaytirish, o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va yuqori natijalardan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan mehnatga

    haq to‘lashning jozibador mexanizmlarini joriy etish.

    II. Davlat xizmatida kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini joriy etish

    2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasining doimiy hamkorligi asosida davlat xizmatida kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi joriy etilsin. Bunda:

    a) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi:

    (i) ochiq va adolatli tanlovlar asosida davlat xizmatiga eng munosib kadrlarni jalb qiladi, shuningdek, ularning gorizontal va vertikal kareraviy o‘sishiga ko‘maklashadi;

    (ii) davlat xizmatchilarining salohiyati va kasbiy kompetensiyalarini diagnostikadan o‘tkazadi va natijalariga ko‘ra xodimning portfoliosini shakllantiradi hamda rivojlantirish talab qilinadigan bilim va ko‘nikmalarini oshirish choralarini ko‘radi;

    (iii) Milliy kadrlar zaxirasini shakllantiradi hamda zaxiradagi nomzodlarning maqsadli тaйёрлaнishini tashkillashtiradi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga davlat buyurtmasini amalga oshiradi;

    (iv) talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va yo‘nalishlar bo‘yicha ehtiyojlarni o‘rganadi hamda ushbu yo‘nalishda davlat xizmatchilarining xorijda maqsadli stajirovka o‘tashi yuzasidan buyurtmalarni shakllantiradi;

    (v) “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining gorizontal va vertikal kareraviy o‘sishi bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;

    b) Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi:

    (i) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi buyurtmasiga asosan davlat xizmatchilarining malakasini oshiradi va ularni qayta tayyorlaydi, shuningdek, magistraturada o‘qitadi;

    (ii) davlat organlari tizimidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarining (institutlarining) rahbar va boshqaruv kadrlarini tayyorlash borasidagi faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirib boradi, shu jumladan, ularning tegishli o‘quv dasturlarini ekspertizadan o‘tkazadi va tasdiqlaydi, o‘quv jarayonida foydalaniladigan ta’lim texnologiyalarining namunaviy shakllarini ishlab chiqadi;

    v) “El-yurt umidi” jamg‘armasi:

    (i) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi buyurtmasiga asosan davlat xizmatchilarining xorijdagi davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maqsadli stajirovkasini tashkil etadi;

    (ii) istiqbolli kadrlarning xorijda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta’lim olishini muvofiqlashtirish asosida nomzodlarni professional yo‘naltirish tadbirlarini amalga oshiradi.

    III. Sohani tubdan isloh qilish

    1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2026 yil 1 янvaрdaн boshlab:

    a) davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi;

    b) davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari majburiy “Davlat xizmatiga kirish” maxsus kurslarini va keyinchalik har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini o‘taydi hamda mazkur kurslarning yakunlari bo‘yicha ularning nazariybilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkaziladi;

    v) diagnostikada davlat xizmatchilarining tegishli soha va tarmoq bo‘yicha bilim darajasi, hujjatlarni tuzish va davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari, tahliliy, rahbarlik va kommunikativlik malakalari, kompyuter savodxonligi, qonunchilikdagi yangiliklarni, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘zlashtirganligi, umumiy eruditsiyasi, psixologik diagnozi va intellektuallik koeffitsiyenti (IQ) kabi kўрсaтkiчлaрi baholanadi;

    g) diagnostika va faoliyat samaradorligi (KPI) natijalari Xodimlarning kasbiy kompetensiyalari rivojlanishini uzluksiz onlayn monitoring qilish tizimida (keyingi o‘rinlarda – Monitoring tizimi) yig‘iladi va tahlil qilinadi;

    d) Monitoring tizimi tahlili natijalariga ko‘ra, xodimning mavjud bilim va ko‘nikmalarini kasbiy rivojlantirish xaritasi portfoliosi yaratiladi;

    ye) kasbiy rivojlantirish xaritasi asosida davlat xizmatchisi rivojlantirishi lozim bo‘lgan “yumshoq” va “qattiq” ko‘nikmalari bo‘yicha majburiy malaka oshirish, shu jumladan, mustaqil ta’lim olish dasturini o‘taydi;

    j) vazirlik va idoralar tomonidan xodimlarni xorijda o‘qitish, tayyorlash, malakasini oshirish hamda stajirovkasini tashkil etish, shu jumladan, grantlar yoki donorlar mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida davlat xizmatchilarini o‘qitish, tayyorlash, malakasini oshirish hamda stajirovkasi bilan bog‘liq tadbirlar majburiy tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

    4. Davlat xizmati lavozimlarini egallash bo‘yicha tanlov o‘tkazishda 2025 yil 1 avgустdaн boshlab quyidagilar belgilansin:

    a) respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali o‘tkaziladi;

    b) qonunchilikda lavozimga tayinlashda tegishli organlar bilan kelishilishi lozim bo‘lgan lavozimlar bo‘yicha kelishuv ushbu organlarning vakillarini tanlov komissiyasi tarkibiga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi;

    v) test sinovlari Davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli orqali maxsus jihozlangan xonalarda yoki masofaviy onlayn proktoring tizimi orqali o‘tkaziladi. Bunda tegishli davlat organida test sinovlarini maxsus jihozlangan xonalarda yoki masofaviy o‘tkazish masalasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan murojaatlar tahlili, o‘rganishlar va so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra hal etiladi;

    g) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga quyidagi huquqlar berilsin:

    (i) tanlovning suhbat bosqichiga davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar yoki davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlarining vakillaridan ekspertlarni jalb qilish;

    (ii) tanlov yakunlariga ta’sir ko‘rsatgan va bartaraf etib bo‘lmaydigan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, tegishli davlat organiga tanlov komissiyasining qarorini bekor qilish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish.

    5. 2026 yildan boshlab iqtidorli boshqaruvchilar va liderlarni, yangi avlod rahbarlarini aniqlash va tanlash bo‘yicha “TOP-100dasturi joriy etilsin. Belgilansinki:

    a) “TOP-100” dasturi asosida har ikki yilda bir marta 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkaziladi;

    b) “TOP-100” dasturida belgilangan mezonlarga asosan davlat xizmatchilari, jamoat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, xorijdagi vatandoshlar va boshqa shaxslar ixtiyoriylik asosida ishtirok etadi;

    v) “TOP-100” dasturi ishtirokchilarining tanlov topshiriqlarini bajarish jarayonida ko‘rsatgan bilimi va intellektual salohiyati, vatanparvarligi, tashkilotchiligi, boshqaruvchilik va liderlik sifatlari ularni baholashning asosiy mezonlari bo‘lib hisoblanadi;

    g) “TOP-100” dasturi g‘oliblari bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi, maxsus o‘quv dasturi asosida o‘qitiladi, “ustoz-shogird” an’anasi asosida tajribali rahbarlarga shogird sifatida biriktiriladi, boshqa davlat organlariga tajriba oshirish uchun tegishli lavozimni egallagan holda bir yilgacha muddatga vaqtincha xizmat safariga hamda xorijiy stajirovkaga yuboriladi;

    d) “TOP-100” dasturi g‘oliblari Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun asosiy talabgorlar hisoblanadi.

    6. Belgilansinki, salohiyatli va istiqbolli rahbarlarning barqaror zaxirasini ta’minlash maqsadida:

    a) respublika ijro etuvchi hokimiyati organlari rahbarlik lavozimlari uchun kamida 500 nafar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlik lavozimlari uchun kamida 1 000 nafar nomzoddan iborat Milliy kadrlar zaxirasi shakllantiriladi;

    b) mahallada faoliyat ko‘rsatib, so‘nggi ikki yillik ish faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim va soliq inspektorlaridan iborat 1000 nafar Salohiyatli kadrlar zaxirasi shakllantiriladi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tavsiyasiga asosan lavozimlarga tanlovsiz tayinlanadi;

    v) davlat xizmatida talantlarni rivojlantirish hamda har tomonlama yetuk rahbar kadrlarni tayyorlash doirasida Milliy kadrlar zaxirasi tarkibiga kiritilgan nomzodlar ishlab turgan lavozimidan boshqa davlat organlariga bir yilgacha bo‘lgan muddatga vaqtincha xizmat safariga, shuningdek, xorijiy davlatlarga maqsadli stajirovkaga yuboriladi. Bunda, birinchi navbatda, iqtisodiyotning drayver sohalariga ustuvorlik beriladi.

    IV. Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish va raqamlashtirish

    7. Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda ushbu borada preventiv mexanizmlarni joriy etish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda:

    a) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholash mexanizmini joriy etsin;

    b) davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish bo‘yicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida ta’sirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflarni ishlab chiqsin;

    v) korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholash uslubiyatini takomillashtirib borsin.

    8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2025 yil 1 оkтяbрdaн boshlab davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi. Bunda:

    a) xizmat safari rejasi va natijalari, geografiyasi, xodimlar soni hamda xarajatlarni onlaynkuzatib borish imkoniyati yaratiladi;

    b) xizmat safarlarining muayyan davlat organining faoliyati samaradorligiga bevosita, oraliq va yakuniy ta’siri monitoring qilib boriladi;

    v) davlat xizmatchilari har bir xorijiy xizmat safarlari yakunlari bo‘yicha hisobot topshiradi hamda hisobot asosida xizmat safarining samaradorligi baholab boriladi.

    9. 2026 yil 1 янvaрdaн boshlab:

    a) quyidagi asosiy yo‘nalishlardagi erishilgan natijalar bo‘yicha Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi:

    (i) davlat organlarining inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish samaradorligi;

    (ii) davlat xizmatlarini kўрсaтishniнg tezkorligi va sifati;

    (iii) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi;

    (iv) davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi;

    (v) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining raqamlashtirilganlik darajasi;

    (vi) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ular o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligi;

    (vii) normativ-huquqiy hujjatlar bilan joriy etilgan hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa reytinglar;

    b) reyting natijalariga ko‘ra quyi pog‘onadagi davlat idoralarining ish usullarini o‘zgartirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish (BPR-reinjiniring) choralari amalga oshiriladi hamda Hukumat majlislarida rahbarlar faoliyatiga baho berib boriladi.

    10. Belgilansinki:

    a) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, xodimlari faoliyati samaradorligini baholash sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi;

    b) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, xodimlari faoliyati samaradorligini baholash, shu jumladan, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.

    11. 2025 yil 1 сyeнтяbрdaн boshlab davlat xizmatchilarining o‘z ko‘nikmalarini doimiy rivojlantirib borishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro muloqotni kuchaytirish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “Davlat xizmatchisi mobil ilovasi ishga tushirilsin:

    a) masofaviy tarzda davlat xizmatchilarining kompetensiyalarini rivojlantirish va malakasini oshirish hamda bu borada statistik ma’lumotlarni shakllantirish;

    b) davlat xizmatchilari tomonidan davlat organi ish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashabbuslar berish hamda rahbar tomonidan ularga munosabat bildirish;

    v) davlat xizmatchisining shaxsiy rivojlanish rejasini tuzish, uning bajarilishini monitoring qilish;

    g) xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar, rahbar xodimlar uchun ular tomonidan muvofiqlashtiriladigan soha va bo‘linmalar, bog‘lanish uchun telefon raqami, pochtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari haqidagi axborotlarni nazarda tutuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish.

    V. Davlat xizmatining imijini yaxshilash hamda davlat xizmatchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish

    12. BirlashganMillatlar Tashkiloti tomonidan 23 iyun kuni – BMTning Davlat xizmati kuni deb e’lon qilinganligi hamda ushbu kunda davlat xizmati ahamiyatini yoritishga oid maxsus tadbirlar tashkil qilishga chaqirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Belgilansinki:

    a) maxsus tadbirlar doirasida har yili:

    (i) har bir vazirlik va idoralar (tarmoq va yo‘nalishlar) tomonidan yil davomida erishilgan natijalar, sohada fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklar hamda kelgusidagi vazifalar interaktiv tarzda keng jamoatchilikka yetkaziladi;

    (ii) eng namunali davlat xizmatchilari faoliyati, davlat xizmatchilarining bir kuni to‘g‘risida videorolik va filmlar namoyishi o‘tkaziladi;

    (iii) har bir vazirlik va idoralarda davlat xizmatchilarining oila a’zolari uchun “oila kunitadbirlari (family day) tashkil etiladi.

    b) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi har yili tashkil etish tavsiya qilinadigan maxsus tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlab boradi.

    13. Davlat organlari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishning quyidagi mexanizmlari joriy etilsin:

    a) mazkur bo‘linmalar davlat organlari vazifalarining samarali bajarilishini ta’minlashga layoqatli bo‘lgan inson resurslarining son va sifat tarkibini shakllantirish hamda doimiy rivojlantirib borishga qaratilgan inson resurslarini strategik rejalashtirish faoliyatiga mas’ul etib belgilanadi;

    b) inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlar faqatgina “hrm.argos.uzplatformasida shakllantiriladi va yuritiladi;

    v) inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari rahbarlari:

    (i) kadrlar siyosati bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ladi;

    (ii) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yoki uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

    (iii) har uch yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi;

    g) davlat organlari tomonidan inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari xodimlariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiya va vazifalar yuklatilishiga

    yo‘l qo‘yilmaydi.

    14. Davlat xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida:

    a) 2025 yil 1 avgустdaн boshlab davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy tarbiya va harakat faolligi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib borilsin;

    b) Davlat organlari xodimlarning vakillik organlari bilan hamkorlikda:

    (i) imkoniyatdan kelib chiqqan holda tashkilot hududida sport zонaлaрini tashkil etsin;

    (ii) xodimlar jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;

    (iii) sport targ‘ibotchilari tomonidan xodimlar o‘rtasida tana vazni indeksi o‘lchab borilishini hamda har bir xodim bo‘yicha ma’lumotlarning hrm.argos.uz плaтформaсiga muntazam kiritib borilishini ta’minlasin;

    (iv) xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga rioya etilishi bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirib borsin.

    VI. Tashkiliy chora-tadbirlar

    15. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Xorijiy xizmat safarlarining samaradorligini baholash uslubiyatini tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin.

    16. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat organlari faolligining milliy reytingi elektron platformasini ishlab chiqsin va platformaning ishga tushirilishini, shuningdek, boshqa idoralar axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.

    17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari lavozim maoshini ularning ish tajribasi, ilmiy va malaka darajasi, natijadorligi hamda boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, yagona prinsip asosida shakllantirish bo‘yicha 2025 yil 1 noyabrga qadar davlat xizmatchilarining oylik ish haqi tizimini tubdan takomillashtirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritsin.

    18. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mavjud shtat birliklari doirasida davlat xizmatchilari axloq qoidalariga zid xatti-harakatlar qilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish vazifasini bajaradigan odob-axloq komissiyalari bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma tashkil etilsin.

    19. Davlat xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini joriy etish maqsadida:

    a) Sport vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda jismoniy tarbiya va harakat faolligi bo‘yicha tavsiyaviy tadbirlar va jihozlar ro‘yxati hamda ularning me’yorlarini tasdiqlasin;

    b) Sog‘liqni saqlash vazirligi 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari yiliga kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan ўтkaziлishini tashkillashtirsin;

    v) Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda “hrm.argos.uz” platformasida xodimlarning tana vazni indeksini kiritib borish imkoniyatlarini yaratsin;

    g) davlat organlari 2026 yil 1 янvaрdaн boshlab o‘zlariga tegishli bo‘lgan oshxonalarni to‘liq autsorsing asosida tashkil etsin, ularda sog‘lom ovqatlanishni keng joriy qilsin hamda shirinliklar, yog‘li, xamir solingan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar, shuningdek, odam sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa turdagi mahsulotlarning savdosini cheklasin;

    d) Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi hamda davlat organlarining oshxonalariga qo‘yiladigan talablarni va sog‘lom ovqatlanish me’yorlarini tasdiqlash choralarini ko‘rsin.

    20. Davlat xizmatchilariga davlat xizmati lavozimlarining malaka darajalari berilishini ta’minlash maqsadida:

    a) davlat organlari rahbarlari 2025 yil 1 noyabrga qadar davlat xizmatchilariga, istisno tariqasida bir marta, ular egallab turgan lavozimiga muvofiq, biroq, ulardagi mavjud maxsus унvонлaрdaн (martaba yoki malaka darajalari) past bo‘lmagan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari berilishini ta’minlasin;

    b) davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilingunga qadar davlat xizmatchilarigaaмaлdagi maxsus unvonlari (martaba va malaka darajasi) bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar (ustama, haq) to‘lash davom ettiriladi.

    21.Quyidagilar:

    a) Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;

    b) Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

    v) Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;

    g) Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;

    d) Respublika, hududiy va tuman darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri 5-ilovaga muvofiq;

    ye) Milliy darajadagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri 5a-ilovaga muvofiq;

    j) Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 6-ilovaga muvofiq;

    z) Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizom 7-ilovaga muvofiq;

    i) Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi to‘g‘risida nizom 8-ilovaga muvofiq;

    k) Davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz ravishda oshirish tartibi to‘g‘risida nizom 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    VII. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat

    22.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 10-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

    23.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 11-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

    24.Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritsin.

    25.Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi G‘.G‘.Mirzayev zimmasiga yuklansin.

    O‘zbekiston Respublikasi

    Prezidenti Sh.MIRZIYOEV

    Toshkent shahri,

    2025 yil 19 iyun