Davlat idoralarining ma'lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati kengaymoqda

    Ushbu platformaga ulanish xavfsiz VPN tarmog'i orqali amalga oshiriladi.

    Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022 yildagi “Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va ma'lumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 516-son qarori qabul qilindi.

    Qaror bilan “elektron hukumat” tizimining Raqamli ma'lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu platforma orqali tijorat va boshqa xo'jalik yurituvchi subektlar davlat idoralarining ma'lumotlar bazalaridagi ma'lumotlardan pullik asosda foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Nizomning asosiy qoidalari:

    — ushbu platformaga ulanish xavfsiz VPN tarmog'i orqali amalga oshiriladi

    — platformaga ulanish uchun savdo korxonalari va boshqa xo'jalik yurituvchi subektlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi"ga so'rov yuboradi;

    — platformaga ulanish to'g'risida ijobiy qaror qabul qilinganda markaz va foydalanuvchi o'rtasida shartnoma tuziladi;

    — foydalanuvchi qiziqtirgan ma'lumotni tegishli so'rovlarni yuborish orqali oladi, har bir so'rov uchun BHMning 0,1%idan 2%igacha miqdorda to'lov amalga oshiriladi;

    — platforma orqali foydalanuvchilar o'z ma'lumotlarini shartnoma asosida boshqa foydalanuvchilarga taqdim etishlari mumkin.

    Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

    — “elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to'g'risidagi nizom (platforma davlat organlarining idoralararo hamkorligi uchun mo'ljallangan);

    — Davlat xizmatlari ko'rsatilganligi uchun to'langan davlat boji, yig'im va boshqa to'lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining o'zaro hamkorlikda ishlashi tartibi to'g'risidagi nizom.

    Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 20.09.2022 yilda kuchga kirdi.