Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan Jamiyat faoliyatida soliq audit tekshiruvi oʻtkazilgan. Tekshiruv natijasida soliq boshqarmasi tomonidan tegishli qaror qabul qilinib, Jamiyatning hisobrakamidan 649,1 million soʻm noqonuniy ravishda undirilgan.
Tadbirkorga tegishli mablagʻlarni undirish maqsadida, Biznes-ombudsman tomonidan Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo ariza kiritilib, “Qashqadaryo dori-darmon” MCHJ foydasiga 649,1 million soʻm byudjetdan qaytarilishi belgilandi.