Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan Oqdaryo tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
1985-yilda tugʻilgan, Davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi Oqdaryo tuman filiali xodimi T.D. fuqarodan u tomonidan sotib olinayotgan Oqdaryo tumani Paxtaobod mahallasida joylashgan turar-joy toifasidagi 0,30 gektar yer maydonini noturar toifaga oʻtkazish hamda kelgusida uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 19.200.000 soʻm miqdoridagi pullarni talab qilgan.
Davlat kadastrlar palatasi Oqdaryo tuman filiali binosidagi oʻz xizmat xonasida 12.550.000 soʻm kimyoviy ishlov berilgan pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.