Bu haqda oʻqituvchilarning koʻplab murojaatlariga tayanib, Davlat mehnat inspeksiyasi xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, ish beruvchilarning oʻqituvchilarga nisbatan bunday harakatlari mehnat qonunchiligiga zid boʻlib, huquqbuzarlik hisoblanadi.

Davlat mehnat inspeksiyasi har bir aniqlangan holat boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻrishini, jumladan, javobgarlik choralarini qoʻllashini maʼlum qildi.

“Agar siz yoki tanishlaringiz shunday holatlarga duch kelgan boʻlsa, murojaat qoldiring — har bir holat qonun doirasida koʻrib chiqiladi va himoya taʼminlanadi,” — deyiladi xabarda.