Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Qarorga koʻra, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:

— mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish;

— aholi bandligini taʼminlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga;

—kambagʻallikni qisqartirish;

—hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.

2025-yil 1-dekabrgacha:

— 50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bogʻ va uzumzorlar tashkil etiladi;

— ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.