Davlat moliyaviy nazorat departamenti tekshiruvi natijalari

    Salomatlik 26 May 2020 1238

    Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi mablag'lari hisobidan koronovirus bilan kasallangan va karantinga olingan fuqarolari davolanayotgan sog'liqni saqlash muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning tibbiyot xodimlariga beriladigan rag'batlantirish pullarini to'lanishi Moliya vazirligining nazoratida turibdi.

    Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan joriy yilning 15-18 may kunlari koronovirus bilan kasallangan bemorlar davolanayotgan sog'liqni saqlash muassasalari va bu jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalarda o'tkazilgan nazorat tadbirlarida 32 ta tibbiyot muassasalarida 932 nafar xodimlarga 19,6 mlrd.so'm miqdorida maxsus rag'batlantirish pullari to'lovi kechiktirganligi aniqlandi.

    Masalan, Qashqadaryo viloyat YUqumli kasalliklar shifoxonasi tomonidan viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga talabnoma o'z vaqtida bermaganligi oqibatida, 21 nafar tibbiyot xodimlarga ikkinchi 14 kun ish faoliyati uchun 373,6 mln.so'm rag'batlantirish pullari o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi aniqlanib, joyida bartaraf etildi.

    Huddi shu kabi, Samarqand viloyat YUqumli kasalliklari klinik shifoxonasi tomonidan tibbiyot xodimlariga rag'batlantirish pullari uchun talabnoma yuborilgan bo'lsada, viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi o'rnatilgan tartibda tibbiyot xodimlar ro'yxatini tasdiqlab, mablag' ajratishga talabnomani viloyat moliya bosh boshqarmasiga taqdim etilmaganligi oqibatida 61 nafar tibbiyot xodimlariga 1,2 mlrd.so'm rag'batlantirish pullarini to'lanishida kechikish holatlari aniqlanib, ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida to'lovlar to'liq amalga oshirilishi ta'minlandi.

    Bunday holatlar Xorazm viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga 9 ta sog'liqni saqlash muassasalari tomonidan 2020 yil 6 may kuni xodimlarga rag'batlantirish puli uchun talabnomalar berilgan bo'lsada, viloyat SeOM tibbiyot xodimlari ro'yxati va zarur mablag' 1,7 mlrd.so'm uchun talabnomalar shakllantrilmaganligi oqibatida rag'batlantirish puli uchun mablag' o'z vaqtida moliyalashtirmaganligi aniqlandi.

    Andijon viloyat YUqumli kasalliklar shifoxonasi mas'ullaritomonidan boshqa tibbiyot muassasalardan jalb etilgan tibbiyot xodimlariga ishlagan kunlari uchun tabellarni taqdim etilamaganligi oqibatida 80 nafar tibbiyot xodimlariga 1 711,7 mln.so'm rag'batlantirish pullari o'z vaqtida to'lanmasdan qolgan.

    SHu kabi Toshkent shahrining 5 ta tibbiyot muassasalari xodimlarining , tibbiyot xodimlariga 4 767,5 mln.so'mlik rag'batlantirish pullari o'z vaqtida to'lanmaganligi aniqlandi.

    Nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar bartaraf etilib, tibbiyot hodimlariga rag'batlantirish pullari o'z vaqtida to'liq to'lanishi ta'minlandi - 932 kishiga 19,6 mlrd.so'm.

    SHuningdek, nazorat tadbirlarida koronovirus bilan kasallangan va karantinga olingan fuqarolari davolashda ishtirok etmagan xodimlarni rag'batlantirish puli ro'yxatiga asossiz kiritish va to'lash holatlari ham aniqlandi. Asossiz va ortiqcha kiritilgan mablag'lar o'rgatilgan tartibda moliyalashtirishdan chegirib qolindi, asossiz to'lab yuorilgan pullarni undirish choralari ko'rilmoqda.

    2020 yilning 26 may holatiga ko'ra, tibbiyot xodimlariga jami to'langan to'lovlar miqdori 142 9 mlrd. so'mni tashkil etdi.