➖ bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari tugatiladi yoki xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi;
➖ davlat muassasalari majburiy tartibda Yagona gʻazna hisobvaragʻida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
➖ 2022-yil 1-apreldan boshlab Ochiq maʼlumotlar portalida foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda koʻrish imkoniyatini yaratgan holda muassasalarning yuqori turuvchi tashkiloti, koʻchmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan obyektlar va avtotransport vositalari, rejalashtirilgan va amalga oshirilgan xarajatlar tarkibi haqidagi va boshqa maʼlumotlarni (bundan tijorat siri mavjud yoki cheklangan holda tarqatiladigan maʼlumotlar mustasno) eʼlon qilish amaliyoti joriy etiladi;
➖ davlat muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda hamda muassasa ustavi (nizomi)da uning tashkiliy-huquqiy shakli “davlat muassasasi” ekanligi kursatiladi;
➖ xoʻjalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari, Markaziy bank hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli aksiyalar va ulushlar davlat ulushlari hisoblanadi;
➖ davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlariga tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushlar va aksiyalar davlat ulushi hisoblanmaydi.