Bu haqda Adliya Vazirligi maʼlum qildi.
Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlarga davlat mulkini garovga qoʻyish, baholash va ommaviy savdolarga chiqarish, davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish tartibini bekor qilish, davlat ishtirokidagi korxonalarning homiylikka sarflanadigan xarajatlarini, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.