Davlat organlari rahbarlari va xodimlari uchun ingliz tili kurslari ish boshlaydi

    Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamda Toshkent shahri Uchtepa tumani hokimligi oʻrtasida memorandum imzolandi

    Mazkur memorandumga koʻra hokimlikning qator mutaxassislari ingliz tilida ish yuritish, xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borish koʻnikmalarini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan maxsus kurslarda taʼlim oladi.

    Ushbu hamkorlik doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda Oksford va Kembrij universitetlari dasturlari boʻyicha davlat organlari rahbarlari va xodimlari uchun ingliz tili kurslarini ishga tushiradi.