Qaror bilan 2021–2023-yillarda davlat organlari va korxonalari tomonidan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilish koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2021–2023-yillarda davlat organlari tomonidan jami 2 770 ta texnikalar xarid qilinadi va ushbu maqsadlar uchun 1,934 trln soʻm ajratiladi.

Texnikalar davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq sotib olinadi.

Viloyatlarga “Obod qishloq”va “Obod mahalla” dasturlari doirasida maxsus texnikalarni xarid qilish uchun hududiy obodonlashtirish boshqarmalariga 2021-yilda qoʻshimcha 108,8 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.

Tuman (shahar)lardagi ichki yoʻllar va markaz koʻchalarini taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish uchun maxsus texnikalarni xarid qilish uchun Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga 2021-yilda qoʻshimcha 196,2 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.