Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, qabul komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.
Maʼlumot uchun, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-oʻquv yilida qabul qilingan talabalar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.