Bunga R.Kusherbayevning “HUMAN UZ” axborot portalidagi “Soʻz blogerlarga” koʻrsatuvining 2021-yil 23-fevraldagi sonida aytgan haqoratomuz soʻzlari sabab boʻlgan.
Maʼlum qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari 22-bandida, deputat ommaviy axborot vositalarida chiqishda davlat organlari va boshqa organlarning faoliyatiga munosabat bildirganda, ularning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni qoʻllashga, asossiz ayblovlarga yoʻl qoʻyishga haqli emasligi, agar deputatning bayonotida shunday fikrlar mavjud boʻlsa deputat oʻz fikrlarining yanglishligi yoki notoʻgʻriligini oshkora tan olishi va kechirim soʻrashi kerakligi belgilangan.
Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 99, 100, 1021 va 1022-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 33, 189 va 191-moddalariga asosan javobgar Kusherbayev Rasul Xidraliyevich davlat soliq xizmati organlari ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlariga nisbatan ommaviy axborot vositalari orqali raddiya berishi hamda kechirim soʻrashi lozim.
Shuningdek, javobgar xatti-harakatlari orqali soliq organlariga 4,6 mlrd. soʻm miqdorida maʼnaviy zarar yetkazgan. Ushbu maʼnaviy zarar undirilgach, “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.