Qarorga muvofiq:

Davlat soliq qo'mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.

  • Davlat soliq xizmati organlari va soliq to'lovchilar o'rtasida

o'zaro aloqani masofaviy tarzga o'tkazish, barcha ishtirokchilar o'rtasidagi munosabatlarni axborot-kommunitsiya texnologiyalarini keng joriy qo'llash orqali to'liq avtomatlashtirish va interaktiv davlat xizmatlari sonini kengaytirish;

  • Davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlari

bilan elektron hamkorlik orqali axborot almashinuvini samarali tashkil etish hamda bu borada mavjud muammolarni bartaraf qilish;

  • Katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash va ulardan

samarali foydalanishni tashkil etish;

  • “Onlayn nazorat kassa mashinalari”, “elektron

hisobvaraqfakturalar” va boshqa markazlashgan tizimlarni keng joriy qilish;

  • Iqtisodiyotda xufiyona faoliyatni qisqartirish, shaffoflik

darajasini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyati uchun keng raqobat muhitini yaratish maqsadida soliq organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish kabilar strategiyaning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi.

SHuningdek,

Soliq nazorati tizimi soliq to'lovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida “inson omili”ni hamda korruptsiya holatlarini kamaytirish imkonini beruvchi masofaviy tahlil ishlari asosida tashkil etiladi.

Loyiha doirasida:

  • Asosiy va zaxira serverlari va yuridik shaxslarning yagona

ma'lumotlar bazasi tashkil etiladi;

  • Davlat soliq qo'mitasi axborot tizimlari kompleksining yagona

platformasi yaratiladi;

  • Soliq organlarining elektron hisoblash texnikalari va

kommunikatsiya uskunlari parki yangilanadi.