Davlat statistika qoʻmitasining yangi veb-sayti ishga tushdi

    Raqamlashtirish 5 Oktabr 2020 1806

    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy veb-saytining zamonaviy dizayndagi yangilangan koʻrinishi ishlab chiqildi.

    Mazkur veb-sayt Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekistonning statistik maʼlumotlaridan mahalliy va xorijiy darajada foydalanish uchun koʻplab qulaylik va afzalliklarga ega.

    Saytda Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan statistik maʼlumotlar, oylik, choraklik, yillik press-relizlar, dokladlar hamda statistik nashrlar, foto materiallar, videorolik va boshqa faoliyatga oid qiziqarli yangiliklar joylashtirib boriladi.

    Axborot texnologiyalarining zamonaviy talablarga mos ravishda ishlab chiqilgan yangi koʻrinishdagi veb-sayt new.stat.uz manzilida joylashgan va test rejimida ishga tushirildi, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabarda ushbu saytga barchani taklif qilib, veb-sayt boʻyicha taklif va mulohazalarni depit@stat.uz elektron manziliga yoʻllashini soʻraydi.