oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xalqaro musobaqa;
xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar oʻtkaziladi.
2020-yildan har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida “Oʻzbek polvoni” respublika musobaqasi oʻtkaziladi.
2021–2025-yillarda kurash mahorat maktablari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
2021/2022 oʻquv yilidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, maktab-internatlari va sport maktablarida kurash boʻyicha oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.
Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi tasdqilandi.
Konsepsiyada, jumladan, 2028-yilda kurashning Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kirishiga erishish koʻzda tutilgan.