Navoiy tili yoshlar ongiga uning g'azallari orqali singib boradi

    Madaniyat 22 Yanvar 2021 3227

    Hozirgi kunda mamlakatimizda Alisher Navoiy  hayoti va ijodini o'rganish, uning insonparvarlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan asarlari mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga chuqur singdirish va shu orqali ularda adabiyotga qiziqishini, vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

    SHu maqsadda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy g'azallarini yoshlarimiz qalbida singdirish maqsadida ulug' alloma tavalludining 580 yilligi yubileyi oldidan tuman madaniyat markazida maqom kechasi tashkil etildi.

    — O'tkazilgan maqom kechasidan katta ma'naviy ozuqa oldik, ayniqsa, ushbu tadbir biz, yoshlarning adabiyotga, she'riyatga bo'lgan qiziqishimizni, Navoiy ijodi haqidagi bilimlarimizni yanada oshirdi, – deydi tadbir ishtirokchilaridan biri Azizbek Axmadov.

    YUsuf NASULLAEV, 
    Vobkent tumani hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar
    samaradorligini oshirish,
    davlat tili to'g'risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini
    ta'minlash masalalari buyicha maslahatchisi