баннер
17 Mar 2025
03:12

    Davlat xaridlari raqamlashtirilgani uchun oʻtgan yili 14 trillion soʻm byudjet mablagʻi tejaldi

    Odamlar kredit olish uchun koʻplab toʻsiq va gʻovlarni yengib oʻtishi kerak edi. Bugunga kelib barcha banklar 100 million soʻmgacha maishiy kreditlarni inson omilisiz 5 daqiqa ichida onlayn bermoqda.

    Davlat xaridlari boʻyicha qonun qabul qilingani, tanlov va tender raqamlashib, sogʻlom raqobat boʻlgani uchun oʻtgan yili 14 trillion soʻm byudjet mablagʻi tejaldi.

    Odamlar kredit olish uchun koʻplab toʻsiq va gʻovlarni yengib oʻtishi kerak edi. Bugunga kelib barcha banklar 100 million soʻmgacha maishiy kreditlarni inson omilisiz 5 daqiqa ichida onlayn bermoqda.

    Natijada oldin bu ish bilan shugʻullangan minglab bankirlar endi mahallaga tushib, odamlarga loyiha, kredit taklif qilib, mijozini koʻpaytirish ustida ishlayapti.

    Odamlar bolasini maktab yoki bogʻchaga joylashtirishda sarson boʻlgan, ishini “boshqa yoʻllar” bilan hal qilishga toʻgʻri kelgan edi. Oʻtgan davrda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 10 dan ortiq xizmat turlari toʻliq elektron shaklga oʻtkazildi. Ushbu sohada murojaatlar soni 2,5 karraga kamaydi.

    Bundan 7-8-yil avval oliygohlarga oʻqishga kirishda “tanish-bilishchilik” avj olgan edi. Soha raqamlashdi, imtihonlar onlayn translyatsiya boʻlayapti. Avval test topshirib, toʻplagan balliga qarab, keyin oliygohni tanlash tizimi joriy qilindi.

    Oliy taʼlimda 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olishga oʻtilgani uchun sohadagi murojaatlar 2,2 baravar kamaydi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech