2025-yil 1-yanvardan ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni taklif etishning quyidagi yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi ochiq va shaffof Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinadi:
- hududlar va tovarlar kesimida ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisidagi sanoat xaritasini ishlab chiqish;
- davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻzaro kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ofteyk shartnomalar tuzish imkoniyatini yaratish;
- “B2B” va “B2C” formatida “marketpleys” shaklidagi erkin savdo maydonchasini tashkil etish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ishlab chiqaruvchilar ekotizimining toʻliq joriy etilishi va uning barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash uchun masʼul tashkilot ekanligi belgilandi.
“davlat xaridlari – biznesga koʻmak” tamoyili asosida “tadbirkorbay” ishlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Ayrim tadbirkor ishlab chiqaruvchilarga barcha davlat xaridlari elektron tizimlarida:
- davlat xaridlarida ishtirok etish uchun vositachilik yigʻimi miqdoriga nisbatan 50 foiz chegirma taqdim etiladi;
- xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishda qoʻshimcha zakalat kiritilmaydi.