Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi qonun koʻrib chiqildi.

Qonunda ikki bosqichli davlat xaridlari, kichik qiymatdagi xarid uchun soddalashtirilgan tartib, markazlashgan davlat xaridlari va hadli kelishuv kabi yangi mexanizmlar joriy qilinishi nazarda tutilgan.

Davlat xaridlarida “barqarorlik” prinsipi bilan toʻldirilib, davlat buyurtmachilari qisqa, oʻrta va uzoq muddatli iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy taʼsirlarni hisobga olgan holda barqaror davlat xaridlarini amalga oshirishi nazarda tutilmoqda.

Davlat buyurtmachisi, shu jumladan byudjet buyurtmachisi, zaruratga koʻra, eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalari boʻyicha 1-yildan 4-yilgacha boʻlgan muddatga hadli kelishuv tuzishi mumkinligi belgilanmoqda.

Qonun bilan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida elektron doʻkon hamda auksion savdolarida zaxira gʻolibi boʻlish mumkinligi, agar gʻolib tomonidan shartnoma tuzish rad etilgan hollarda ularga shartnoma tuzish taklifi berilishi koʻzda tutilmoqda.

Davlat xaridlari sohasida shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik asoslari qonunda aniq koʻrsatilmoqda.

Mazkur qonunning qabul qilinishi davlat xaridlari tizimini takomillashtirish orqali ochiqlik va shaffoflik taʼminlanishiga, sohada raqobat muhitining yanada kuchaytirilishiga, davlat buyurtmachilari uchun qulay imkoniyatlar yaratilishiga hamda davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlarni keng jalb qilishga xizmat qiladi.

Muhokamadan soʻng qonun maʼqullandi. Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi qonun koʻrib chiqildi.

Qonunda ikki bosqichli davlat xaridlari, kichik qiymatdagi xarid uchun soddalashtirilgan tartib, markazlashgan davlat xaridlari va hadli kelishuv kabi yangi mexanizmlar joriy qilinishi nazarda tutilgan.

Davlat xaridlarida “barqarorlik” prinsipi bilan toʻldirilib, davlat buyurtmachilari qisqa, oʻrta va uzoq muddatli iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy taʼsirlarni hisobga olgan holda barqaror davlat xaridlarini amalga oshirishi nazarda tutilmoqda.

Davlat buyurtmachisi, shu jumladan byudjet buyurtmachisi, zaruratga koʻra, eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalari boʻyicha 1-yildan 4-yilgacha boʻlgan muddatga hadli kelishuv tuzishi mumkinligi belgilanmoqda.

Qonun bilan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida elektron doʻkon hamda auksion savdolarida zaxira gʻolibi boʻlish mumkinligi, agar gʻolib tomonidan shartnoma tuzish rad etilgan hollarda ularga shartnoma tuzish taklifi berilishi koʻzda tutilmoqda.

Davlat xaridlari sohasida shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik asoslari qonunda aniq koʻrsatilmoqda.

Mazkur qonunning qabul qilinishi davlat xaridlari tizimini takomillashtirish orqali ochiqlik va shaffoflik taʼminlanishiga, sohada raqobat muhitining yanada kuchaytirilishiga, davlat buyurtmachilari uchun qulay imkoniyatlar yaratilishiga hamda davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlarni keng jalb qilishga xizmat qiladi.

Muhokamadan soʻng qonun maʼqullandi.