баннер
21 Apr 2025
02:46

    Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi

    Qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqida modda kiritish taklif qilindi. Yaʼni, davlat xizmatchisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlashi kerak boʻladi.

    Yana bir masala – davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti-soati kelgani taʼkidlandi. Bu borada jamoatchilik fikri juda muhimligi qayd etildi.

    Mutasaddilarga tez fursatda ushbu qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻyib, 1-aprelgacha kiritish topshirildi.

    Noqonuniy boylik orttirish uchun javobgarlik masalasini ham oʻylab koʻrish zarurligi taʼkidlandi.

    Qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqida modda kiritish taklif qilindi. Yaʼni, davlat xizmatchisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlashi kerak boʻladi.

    Prezidentimiz Milliy kengashni, parlamentning korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitalarini bu borada xalqaro andozalarga mos takliflarni ishlab chiqishga chaqirdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech