Unga koʻra, ushbu kodeks davlat xizmatchilarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilovchi hujjat boʻlib xizmat qiladi.

Loyihaga binoan, davlat xizmatchisining odob-axloq normalariga rioya qilishlarini taʼminlash boʻyicha masʼul boʻlgan organlar quyidagilar hisoblanadi:

✔️Davlat tashkilotlaridagi odob-axloq komissiyalari;

✔️Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi;

✔️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Davlat xizmatchisining tashqi koʻrinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishiga koʻmaklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq boʻlishi va rasmiylik, neytrallik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.

Kodeks loyihasi 6 bob, 53 moddadan iborat.

Kodeks loyihasi mazmuni bilan toʻliq tanishing va fikringizni bildiring — regulation.gov.uz/oz/d/51956