“Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasalariaro talabalar oʻqishini koʻchirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

— talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;

— davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Maʼlumot oʻrnida, xorijiy mamlakatlar hamda yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTM filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish amaldagi tartibga muvofiq tashkil etiladi. Bu haqida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.