Xususan, o'tgan 2021 yilda DXA Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarda 59 marotaba o'rganish, 30 marotaba monitoring va 4 marotaba sirli mijoz tadbirlari o'tkazildi. O'rganishlar davomida vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari ko'rsatilishida 32 mingdan ortiq qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bularning 31 365 tasida muddat buzilgan bo'lsa, 302 ta holatda murojaatlar asossiz rad etilgan. Shuningdek,  199 ta  holatda esa to'g'ridan to'g'ri xizmat ko'rsatilganligi va 149 tasida boshqa qonunbuzilishlari aniqlandi. 

Qonunbuzilish holatlarini idoralar kesimida tahlil qilinganda “Toshkentsuvta'minot”  MCHJ va uning hududiy bo'limlari tomonidan 11 ming 804  ta, hokimliklar tomonidan 6 ming  135 ta,  gaz ta'minoti hududiy filiali tomonidan 5 ming 551 ta, er resurslari va kadastr xizmati tomonidan 2 ming 49 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan. Shuningdek, 3 ming 67 ta holatda qurilish bo'limi,  1 ming 4 tasida soliq organlari tizimida, 527 ta ichki ishlar idoralarida, 461 ta holatda elektr ta'minoti korxonasida, 75 ta ta'lim sohasida, 76 ta moliya, 24 ta bandlik idoralarida, 210 tasida esa boshqa xizmat ko'rsatuvchi idoralar tomonidan qonunbuzilish holatlari qayd etildi.

Buning natijasida boshqarma tomonidan vakolatli idoralarga 427 ta ogohnoma, 52 ta taqdimnoma kiritildi. 169 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 12 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 258 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy jazo choralari qo'llanilib, 220 million so'mga yaqin jarima undirildi.

Qahramon Xafizov,

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi bo'lim boshlig'i